Pul qaytishi bir necha bosqichdan o'tadi. Biz har bosqichni va uning muddatini oldindan ochiq aytamiz.
Kabinetda "Qaytarish" tugmasi. Tovar olingan kundan 10 kun ichida.
Tovarni qadog'i va komplekti bilan istalgan punktga olib keling.
Tovar sotuvchiga qaytadi va ko'zdan kechiriladi. Nuqsonli tovar bo'lsa ekspertiza qilinadi.
Tekshiruvdan o'tgan zahoti to'lov tizimiga qaytarish buyrug'i beriladi.
Bu bosqichni bank bajaradi. Click/Payme hamyoniga tezroq, kartaga sekinroq tushadi.
Muddatlar taxminiy va to'lov tizimlari bilan shartnomadan keyin aniqlanadi.
Kartadan pul yechish bir soniya, qaytarish esa alohida operatsiya: bizning bank pulni jo'natadi, sizning bank uni kartaga tushiradi. Oxirgi bosqich bizning qo'limizda emas — lekin u qaysi bosqichda ekanini kabinetda ko'rib turasiz.